Chingiz Baimurzaev
1 yil avval - 2 Dakika, 39 Saniye

Ipak Yo'li loyihasi Turk dunyosi uchun nimani anglatadi?

"Buyuk Ipak Yo’li" loyihasi 2003 yilda Xitoy rahbari Shi Jinping tomonidan taqdim etildi. Loyiha Xitoyni yerdan va dengizdan G’arb mamlakatlariga qaratilgan iqtisodiy harakati sifatida baholanmoqda. Aslida bu loyiha yangi emas. Tarih davomida, Ipak yo’li (Xitoy) va Ziravor yo’li (Hind) deb nomlanuvchi bu ikki yo’lning tarihdagi bazi hodisalar tufayli yo’nalishi o’zgargan yoki uzilib qolgan. Xitoyning rejalashtirgan loyihasi bu tijorat yo’lining zamonaviy tarzda yangidan tashkil etish. Bu loyihaning asil bizning qiziqtirgan tarafi Pekindan Londongacha bo’lgan bu loyiha Turk dunyosi mintaqasidan ham o’tadi. Xitoy bu mintaqada yer olgan barcha mamlakatlarni bu loyihada ishtirok etishga taklif etti. Bazi mamlakatlar bilan bu loyiha asosida shartnomalar imzoladi. Turkiya ham bu loyiha yo’lining muhim qismida joylashgan. Misol uchun, Boku-Tbilis-Qars temir yo'li orqali Xitoydan yo’lga chiqadigan mahsulotlar 15 kun ichida Evropada bo'lishi kutilmoqda.

Ipak Yo


Kuzatuvchilar tarihta bo’lgani singari yana iqtisodiy qudratni g’arbdan sharqqa o’tayotganini va yaqin kelajakta bu tijorat hajmi o’sib borishini tahmin qilmoqdalar. Ehtimollarga ko’ra bu iqtisodiy qudrat almashuvi Xitoyga o’tishi kutilmoqda, Buyuk Ipak Yo’li loyihasi ham buning poydevorini tashkil etmoqda. Bu loyihada Turk dunyosining yeri va pozitsiyasi qanday? va qanday bo’lishi lozim? Turk dunyosi bundan qay tarzda ta’sirlanadi? Yuqorida aytib o’tganimizdek, geografik jihattan Turk dunyosi bu loyihani asosiy qismini tashkil etmoqda. Ushbu mamlakatlar rahbarlari Xitoy bilan va o’zaro turli infratuzilma loyihalarini imzolash orqali hayotga tadbiq qilishni rejalashtirmoqda. Shuningdek infratuzilma masalasida hech qanday kotta to’siq yo’q desak mubolag’a bo’lmaydi. Biroq, asosiy masala, Turk dunyosining ushbu yo'nalishda amalga oshiriladigan yuk tashish hajmiga qanchalik hissa qo'shishi. Boshqacha aytganda, ularning qancha mahsulot ishlab chiqarib eksport qilish imkoniyatiga ega ekanligidir. Aks holda, bu savdo yo'nalishi faqatgina Xitoydan keladigan mahsulot importini tezlashtirishga hizmat qiladi. Shu sababli Turkiy respullikalar o’zaro tijoratni ortirish maqsatida buyuk qadamlar tashlashlari lozim. Turkiya Statistika tashkiloti (TUIK) tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, Turkiyaning Turkiy Respublikalari bilan amalga oshirgan 11 oylik tashqi savdo hajmi 2017 yil 4 dekabriga qadar quyidagicha:


Davlatlarning tashqi tijorat hajmi:

Yil          Davlat               Davlat ismi                 Eksport $                  Import $

2017      78                     Ozarbayjon               1.102.392.004           296.533.090

               79                     Qozog’iston                 635.729.428        1.194.645.605

               80                     Turkmaniston              915.772.094           348.123.158

               81                     O’zbekiston                 531.202.903           659.339.460

               83                     Qirg’iziston                  290.101.882           128.137.803

              Jami yillik:                                           3.475.198.311        2.626.779.116


Beshta mamlakatning umumiy tijorat hajmi Turkiyaning Fransiya bilan savdo hajmidan ikki baravar kam. Ushbu ko'rsatkich turkiy respublikalarning tashqi savdoda bosib o’tishi kerak bo'lgan uzoq masofa mavjud ekanligini ko'rsatadi.

Davlatlarning tashqi tijorat hajmi:

Yil                      Davlat                   Davlat ismi            Eksport $               Import $

2017                1                               Fransiya                5.360.024.661      6.415.407.815

                           Jami yillik:                                            5.360.024.661      6.415.407.815