Sevde Kalafat
1 yil avval - 59 Saniye

Dunyoga ochilgan eshik "Mavlono Talaba Almashinuv Dasturi"

Dunyoga ochilgan eshik "Mavlono Talaba Almashinuv Dasturi"


Universitet hayotimizning burilish nuqtalaridan biridir. Universitet davri ufqimizni kengaytirish, o'zimizni ijtimoiy va madaniy jihatdan rivojlantirish, hayotimizni yanada sifatli qilish uchun bir vositadir. Chet elda ma’lum bir vaqt olingan ta’lim insonga til o’ganishi jihatidan foydali bo’lishi bilan birga u mamlakat tarixi va madaniyatini yaqindan o’rganish imkoniyatini ham beradi. Shu nuqtai nazardan bu maqolada o’quvchilarga chet elda ta’lim olish imkonini beruvchi Mavlono Talaba Almashinuv Dasturi haqida ma’lumot beramiz.

Mavlono Talaba Almashinuv Dasturi, Turkiyada ta'lim beruvchi oliy o'quv yurtlari va chet elda ta'lim beruvchi oliy ta'lim muassasalari o'rtasida talabalar va o'qituvchilarning almashinuvini ta'minlaydi. Bu dastur boshqa dasturlardan farqli o'laroq, jo'g'rofiya va mintaqadan qat'i nazar butun dunyodagi universitetlarni o'z ichiga oladi. Dastur, qatnashish istagida bo’lgan talabalarga chet elda eng oz bir semester eng ko’p ikki semester ta’lim olishlarini, o’qituvchilarni esa eng oz bir hafta eng ko’p uch oy mobaynida chet eldagi oliy o’quv yurtlarida dars berish imkoniyati bilan taminlab kelmoqda.

Dastur vositasi bilan ta’lim maqsadida chet elga boruvchi talabalarga, borgan mamlakatlarining madaniyatini yaqindan o’rganish, chet tilini o’rganish va o’zlarining ilmiy tajribalarini ortirish imkoniyatini beradi. Talabalar ta’lim oldiklari muddat stipendiya bilan taminlanadilar.

Dasturga hujjat topshirish shartlari uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim beruvchi oliy o’quv yurtlaridan birida talaba bo’lish, bakalavrlar uchun akademik baholarining eng oz 2.50/4, magistrlar va doktorantlar uchun eng oz 3/4 bo’lishi zarur. 50% til imtihon bahosi va 50% akademik bahoning to’plami olinadi. Mavlono Talaba Almashinuv Dasturi korporativ muvofiqlashtirish idorasida amalga oshirilmoqda.

Mavlono Talaba Almashinuv Dasturi bilan borishingiz mumkin bo'lgan ba'zi mamlakatlar quyidagilar:

AQSh

Rossiya

Yaponiya

Xitoy

Ozarbayjon

Janubiy Koreya

Tailand

Kanada

Ukraina

Avstraliya