Turkmaniston 1991 yilda Sovet Ittifoqi tarqatib yuborilgandan so'ng mustaqillikka erishgan Markaziy Osiyo Turkiy respublikasidir. Turkmaniston 1995 yil 12 dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan doimiy neytrallik maqomiga ega bo'ldi. Yashil rang ustidagi oy, beshta yulduz va 5 hil Turkman gilami tasvirlangan Turkman bayrog’i 1992-yilda Turkmaniston Konstitutsiyasi bilan birgalikta qabul qilingan. Poytaxti Ashxobod bo’lgan mamlakat prezidentlik tizimi bilan boshqariladi. Turkmaniston, (Ozarbayjon, Qozog'iston, Turkiya, Shimoliy Kipr Turkiy Respublikasia, Qirg'iziston va O'zbekiston bilan birgalikta) hozirgi kundagi 7ta mustaqil turkiy davlatlaridan biri sifatida TURKSOYga a’zo davlatdir. Rasmiy valyuta - manatdir.Markaziy Osiyo davlatlaridan biri bo'lgan Turkmaniston janubdan Eron, g'arbdan Kaspiy dengizi, shimoldan Qozog'iston, shimoli-sharqdan O'zbekiston, janubi-sharqdan Afg'oniston bilan chegaradosh. Eng baland joylar Ko’ytan Tog’i (3319 m) va Kopet Tog’i (2942 m.). Kaspiy dengizi yaqinidagi va tuzga boy bo'lgan Qorabo’g’az ko'li Turkmaniston hududida joylashgan. Turkmaniston hududining beshtan biri Qoraqum cho'li bilan qoplangan.Rasmiy tili turkman turkchasi bo'lib, mamlakatda savodxonlik darajasi 98 foizni tashkil etadi. Turkman tili - Ural Oltoy til guruhining Oltoy qismini tashkil etuvchi g'arbiy turkiy tilidan bir hisoblanadi. Turkmanistonda yashovchi 6 milliondan ortiq Turkmanlar va Eron, Afg'oniston va Rossiyada istiqomat qilayotgan 3 millionga yaqin Turkmanlar Turkmanchada muloqot qilmoqdalar.Turkmaniston iqtisodiyoti asosan tabiiy gazni eksport qilish va paxta etishtirishga bog'liq. Turkmaniston dunyoning to'rtinchi yirik tabiiy gaz ishlab chiqaruvchisi bo’lib bu ishlab chiqarish tufayli iqtisodiy islohotlarga ehtiyotkorlik bilan yondoshmoqda.