1071 yilda Malazgirt g'alabasi bilan Anatoliyaga Turk ko’chishlari boshlangan va 1243-yildagi mo’g’ul istilosiga qadar bu hududni Anatoliya Seljuklar imperiyasi boshqarib kelgan. Ishg'oldan keyin ko'plab turkiy honliklar tashkil topgan.13-asrning oxiridan boshlab Usmonlilar Evroosiyoda va Afrikada eng muhim kuch bo'lib, Anatoliya, shuningdek, Janubi-sharqiy Yevropa, G'arbiy Osiyo va Shimoliy Afrikada katta imperiya o'rnatgan. Imperiya XIII va XVII asrlarda, shuningdek, I Sulaymon hukmronlik davrida eng cho’qqiga chiqqan. 1683 II. Vena qamalidan va 1699 yilgi Muqaddas ittifoq urushlaridan so'ng, Turklar Yevropa mintaqasidan chekinishni boshladilar va Usmonli Turklar imperiyasi uzoq vaqt davom etadıgan regressiv davrni boshdan kechirdi. Usmonli imperiyasi Birinchi Jahon urushidan so'ng Ittifoqdosh kuchlar bilan urush qurboni bo'ldi va Antente kuchlari tomonidan ishg'ol qilindi. Istilochilarga qarshi Mustaqillik urushida g’alaba qozongan va Mustafo Kamol Otaturk tomonidan 1923-yilda Turkiya Respublikasi tashkil etilgan.Turkiya Respublikasi geografik jihatidan Yaqin Sharqda joylashgan bo’lib shimoliy-g’arbda Bolgariya, g’arbda Yunoniston, shimoliy-sharqda Gruziya, sharqda Armaniston, Eron va Ozarbayjon, janubiy-sharqda esa Iroq va Suriya bilan chegaradosh. Janubdan O'rta er dengizi, g'arbdan Egey dengizi va shimoldan Qora dengiz bilan o'rab olingan. Marmara dengizi esa Osiyoni Yevropadan ajratib turadi. Turkiya, Yevropa va Osiyoning birlashish nuqtasida joylashgan bo’lib jeostratejik kuchga egadir.Turkiya turli madaniyatlarni o’z ichiga olgan demokratik, dunyoviy, unitar, konstitutsiyaviy respublika hisoblanadi. Rasmiy tili turkcha, mamlakat aholisining 99% ni musulmonlar tashkil qiladi. Yevropa Kengshi, NATO, OECD, YeXHT va G-20 guruhi a'zosi sifatida, Turkiya G'arb dunyosi bilan integratsiya ichida. 1963 yilda Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatiga a'zo bo'lgan, 1995 yilda Yevropa Ittifoqi Bojxona Birligiga qo'shilgan va 2005 yilda Evropa Ittifoqiga to'liq a'zolik muzokaralari boshlagan. Mamlakat, shuningdek, Turk Kengashi, Xalqaro Turk Madaniyat Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti kabi tashkilotlarga a’zo davlat hisoblanadi. Bugungi kunda, rivojlangan iqtisodiyoti va diplomatik tashabbuslari natijasida Turkiya mintaqaviy kuch sifatida qabul qilinadi.
Istiqlol ko'chasi Istanbulning eng qadimgi tumanlaridan biri bo'lgan Beyog'lu tunneliden Taqsim maydoniga qadar bo'lgan hudutda joyl...
Ko'proq o'qing