Ozarbayjon Kaspiy dengizining g'arbida va janubiy Kavkaz mintaqasida joylashgan. Ozarbayjon shimoldan Rossiya, shimoli-g'arbdan Gruziya, janubi-sharqdan Turkiya, g'arbdan Armaniston va janubdan Eron bilan chegaradosh. Kaspiy dengizi orqali Ozarbayjon Turkmaniston, Qozog'iston, Eron va Rossiya bilan chegaradosh. Ozarbayjonning Tog'li-Qorabog' hududi va unga qo'shni bo'lgan 7 viloyat Armaniston tomonidan egallab olingan. Bu Ozarbayjon hududining 20% ni tashkil etadi.Boku- poytaxt. Aholisi 10 million kishi. Dunyo bo'ylab yashovchi Ozarbayjonliklar soni 50 millionni tashkil qiladi (Eron Islom Respublikasida 30 million, Rossiya Federatsiyasida 3 million, Turkiyada 3 million, Iroq Respublikasida 1 million, Gruziya Respublikasida 500 ming, AQShda 450 ming, Markaziy Osiyoda esa 232 mingta).Ozarbayjon tarihiy davlatlar va imperiyalarga yurt bo'lgan mamlakatdir. Bulardan Manna, Midiya, Sasan, Albaniya, Atropatena, Shirvan Shoh, Revvadiler, Shadhdad, Sachil, Salar, Selujuklar, Karakoyunlu, Akkoyunlu, Safeviler, Avsharlar, Kacarlar.Dunyodagi 11 ta iqlim turlaridan 9 tasi yer yuzasida ma'lum bo'lgan 2000 dan ortiq vulkanik jinslarning 344 tasi Ozarbayjonda joylashgan. Ozarbayjon dunyodagi eng katta ochiq muzeyga ega: Kobustan muzesi. 1918 yil 28 mayda sharq davlatlari ichida ayollarga saylsh va saylanish haqqini bergan birinchi davlat sifatida Ozarbayjon Halq Republikasi qurildi. Ozarbayjon Xalq Respublikasi tomonidan qabul qilingan uchta rangli bayroqlar, milliy madhiya va boshqa milliy ramzlar 1991 yil SSRI ning parchalanishi natijasida Ozarbayjon mustaqillikka erishgandan so'ng ham milliy ramzlar sifatida qabul qilindi.Ozarbayjon prezidentlik tizimi bilan boshqariladigan respublikadir. Prezident nomzodlari ikki marttadan ortiq prezident sifatida saylanish haqqiga ega emas. Prezident sifatida saylangan nomzod 7 yil prezidentlik vazifasini bajaradi.