Oʻzbekiston (rasman: Oʻzbekiston Respublikasi) — Oʻrta Osiyoning markaziy qismidagi mamlakat. Oʻzbekistonning poytaxti - Toshkent shahri. Davlat tili - Oʻzbek tili. Maydoni — 448,900 km2. Aholi soni (2015) — ↗31,025,500. Pul birligi — soʻm.Oʻzbekiston Respublikasi 12 ta viloyat, Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasidan iborat.Oʻzbekiston - mustaqil, demokratik, dunyoviy, konstitutsiyaviy davlat. Mamlakatning rasmiy tili Oʻzbekcha. Oʻzbekiston MDH, BMT, YXHT, va SHHT aʼzosidir.O‘zbekiston Markaziy Osiyoning o'rtasida joylashgan barcha Orta Osiyo mamlakatlari bilan chegaradosh bo'lgan, 1991-yilda mustaqillikka erishgan, 32 million aholiga ega bo'lgan, unitar prezidentlik konstitutsiyaviy respublika hukumat sistemiga ega, Qonunchilik Palatasi va Senatoning o'z ichiga olgan Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Oliy Sud tizimi vositasi bilan boshqariladigan bir davlat.GeografiyaOʻzbekistonning umumiy chegarasi 6221 kilometrga, gʻarbiy chekkasidan sharqigacha 1,425 kilometrga, shimolidan janubigacha esa 925 kilometrga choʻzilgan. U gʻarbdan va shimoldan Qozogʻiston (chegara uzunligi 2203 km.) bilan, sharqdan Qirgʻiziston (chegara uzunligi 1099 km.) va Tojikiston (chegara uzunligi 1161 km.) bilan, janubdan esa Turkmaniston (chegara uzunligi 1621 km.) va Afgʻoniston (chegara uzunligi 137 km.) bilan chegaradosh.DemografiyasiOʻzbekiston aholisi ↗32,121,100 kishini tashkil qiladi (2017-yil, yil boshiga). Aholining aksariyat qismi (81,7 % dan koʻprogʻi — 24,15 mln.kishi) oʻzbeklardan iborat. Ayniqsa Andijon viloyati aholisida oʻzbeklar hissasi juda katta. Har biri 1 milliondan oshiqroq ruslar, qozoqlar, tojiklar; 500ming tatarlar, qirgʻizlar, qoraqalpoqlardan tashqari forslar (200 ming), koreyslar (200 ming), ukrainlar (150 ming), turkmanlar (150 ming), ermanilar (100 ming), arablar va loʻlilar (500 ming) va boshqalar. Aholining 36 % shaharlarda va 64 % — qishloqlarda istiqomat qiladi.Aholining asosiy qismi — oʻzbeklar boʻlib, ular aholining 81,7 % ni tashkil qiladi. Oʻzbekiston koʻp millatli respublika boʻlib, 130 ga yaqin millat va elatlarning vakillari istiqomat qilishadi.Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar singari Oʻzbekiston Respublikasining ham aholisi nisbatan „yosh“ boʻlib, uning katta qismi mehnatga layoqatli yoshdadir. Aholi umumiy miqdorining 39 %ini mehnatga layoqatli davrgacha boʻlgan yoshlar, 54 %i mehnatga layoqatli va 7 % mehnatga layoqatli davrdan katta yoshlilar tashkil etadi.
Xiva– Xorazmning qadimiy shaharlardan biri bo’lib, o’rta asr sharq mе'morchiligining tеngsiz javohiridir. U xozirgi Urganch shahridan 25 km janub tomo...
Ko'proq o'qingBugundan «O'zbekiston Respublikasida investitsion muhitni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida»gi Prezident Farmoni loyihasi muhokamaga qo'y...
Ko'proq o'qingO'zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan Imom al Buxoriy haqidagi hujjatli film Turkiyaning TRT Avaz xalqaro telekan...
Ko'proq o'qingJahon banki O'zbekistondagi islohotlarni samarali davom ettirish uchun 500 million dollar ajratdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. Moliya va...
Ko'proq o'qingSayohat yo'nalishida jahonga mashhur va eng nufuzli nashrlardan biri hisoblangan LonelyPlanet o'zining navbatdagi "Osiyoning eng sayohatbop o'lkalar...
Ko'proq o'qingO'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya fuqarosi Karsten Xayntsni innovatsion rivojlanish vaziri o'rinbosari etib tayinlash haqidagi farmo...
Ko'proq o'qingO'zbekiston sayohat qilish uchun dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari ro'yxatidan o'rin oldi. 2018 Global Law and Order hisoboti shundan dalolat bermoqd...
Ko'proq o'qingAyni kunlarda «Choy yetishtirishni tashkil etish va aholini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan sifatli choy hamda choy mahsuloti bilan ta`minlash chora...
Ko'proq o'qing15 iyuldan boshlab O'zbekistondagi xalqaro aeroportlar orqali uchinchi tomonga tashrif buyurmoqchi bo'lgan 101ta davlat fuqarolari besh kungacha O'zbe...
Ko'proq o'qing