Xalq Banki

BankO‘zbekiston

Aktsiyadorlik tijorat Xalq banki O'zbekistonning qadimiy banklaridan biri hisoblanadi. Toshkentda birlamchi jamg'arma kassalar 1875-yilda tashkil etilgan. O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 1995-yil 4-oktabrdagi Qaroriga asosan "O'zjamg'armabank" Davlat-tijorat Xalq banki etib qayta tashkil etildi.



O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi farmoniga asosan bank nomi “Aksiyadorlik tijorat Xalq banki” nomiga o'zgartirildi.



Bugungi kunda, Xalq banki O'zbekiston bank tizimining muhim bo'g'ini hisoblanadi. Uning 197 hududiy va tuman (shahar) filiallari, 33 ta mini-bank va 1 000 dan ortiq jamg'arma va maxsus kassalari iqtisodiyotning real sektoriga - kichik biznes sub'yektlari va aholiga keng qamrovli bank xizmatlarini ko'rsatib kelmoqda.