Uzbekistan-Turkish Bank

BankO‘zbekiston

"UTBANK" (Uzbekistan Turkish Bank) yopiq aktsiyadorlik jamiyati sifatida 1993 yilda tashkil etilgan. Bank ustav kapitalida aktsiyadorlar ulushlari quyidagi tartibda taqsimlangan:

«Agrobank» ATB - 50% (O‘zbekiston Respublikasi); Ziraat Bankasi AŞ - 50% (Turkiya Jumhuriyati);



Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan 30 bank orasida UTBANK xorijiy investitsiyalar asosida tashkil etilgan birinchi bank hisoblanadi. Uzoq vaqt davomida mavjud bo'lgan va keng tajribaga ega bo'lgan UTBANK mijozlarga sifatli xizmat ko'rsatmoqda. O'tgan davr mobaynida bank ko'zga ko'rinarli darajadagi rivojlandi va ko'rsatilayotgan xizmatlarning sifatini oshirdi.