O'zbekturizm Milliy Kompaniyasi

dam olish, sayyohlik va sayyohlikO‘zbekiston

Turizm sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish, turizmni rivojlantirishning milliy modeli shakllantiish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 1992-yil 27-iyuldagi farmoni asosida "O‘zbekturizm" Milliy Kompaniyasi tashkil etildi.



Kompaniya sayyohlik agentliklari faoliyatini muvofiqlashtiradi, turizmning turli turlarini rivojlantirishni rag'batlantiradi, sohada moddiy-texnika bazasini va infratuzilmasini mustahkamlash uchun investitsiyalar oqimini ta'minlaydi, turizm sohasidagi kadrlarni tayyorlashni muvofiqlashtiradi. Kompaniyaning vazifalari quyidagilardan iborat: turizm sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish; turizmni rivojlantirish bo'yicha davlat dasturlarini bajarish; turistik xizmatlar infratuzilmasini rivojlantirishga ko'maklashish; turizm sohasida reklama-axborot siyosatini amalga oshirish va boshqalar.



Yuqorida ta'kidlab o'tilaganidek, "O'zbekturizm" turizm xizmatlarining tashqi va ichki bozorlarida marketing tadqiqotlari olib borishga, tarixiy-madaniy merosni keng targ‘ib qilishga, O‘zbekiston Respublikasining turizm qiyofasini saqlab qolish va rivojlantirishga, milliy turizm mahsulotlari va brendlari xalqaro turizm bozorlariga kirib borishiga yo‘naltirilgan faol reklama-axborot siyosatini amalga oshiradi.