O‘Zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati

Buxgalteriya hisobiO‘zbekiston

O‘zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati O'zbekistondagi boy tajribaga ega insonparvarlik tashkilot hisoblanadi. 1925-yildan buyon faoliyat yuritayotgan mazkur jamiyat 1992- yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan mustaqil insonparvarlik jamoat birlashmasi maqomiga ega bo‘ldi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati dunyo bo‘ylab 188 ta milliy jamiyatlarni birlashtiruvchi Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy jamiyatlari Xalqaro Federatsiyasining 165- teng huquqli a'zosi hisoblanadi.



Jamiyat faoliyati aholining kam ta'minlangan, nochor qatlamiga insonparvarlik va ijtimoiy sohalarda yordam berishda davlat bilan hamkorlikda ishlash, yaqindan ko‘mak berish maqsadlarini qamrab oladi. Shu ma'noda jamiyat tomonidan amalga oshiriladigan ishlar - turli kasalliklardan aziyat chekayotgan kishilarga, aholining nochor qatlamiga turli xil baxtsiz va favqulodda nohush holatlarda yordam berish, xayrixohlik ko‘rsatishdan iborat. Bundan tashqari, yakka-yolg‘iz keksalar, ko‘p bolali kam ta'minlangan oilalar, nogironlar hamda yordamga muhtoj kishilar jamiyatning doimiy diqqat markazida.