O‘Zbekiston Bastakorlar Uyushmasi

Buxgalteriya hisobiO‘zbekiston

O'zbekiston Bastakorlar Uyushmasi 1938 yilda tashkil topgan. O'zbekiston Bastakorlar uyushmasi O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi va uyushma nizomi asosida faoliyat yuritadigan professional bastakor va musiqashunoslar ijodiy jamoat tashkilotidir.

O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasining asosiy maqsad va vazifalari:

- bastakor va musiqashunoslarning ijodi bilan shug‘illanishga ko‘maklashish, haq - huquqlarini himoya qilish;

- musiqa ravnaqi yo‘lida faoliyat olib borish, o‘zbek milliy musiqasini keng ko‘lamda boyitish va yuksaltirish;

- ijodiy tadbirlarda, radio va teleko‘rsatuvlarda, teatrlar, kontsertlar, nashriyotlar va matbuot ishida faol qatnashish;

- musiqa va madaniyat sohasida mutaxassislar tayyorlashga yordam berish. Respublika va xalqaro miqyosda festivallar, mualliflik kechalari, konsertlar, ijodiy uchrashuvlar tashkil etish. Musiqashunoslik konferentsiyalari, seminar va boshqa anjumanlar tashkil etish;

- O‘zbekistonda yashaydigan barcha xalqlar musiqasini kamol topishiga muntazam yordam berish, musiqiy an’analarni asrab –avaylash, xalqni ma’naviy va axloqiy tarbiyalashga butun kuch - qudratini sarflash;

- O‘zbekiston bastakorlari va musiqashunoslari asarlarini chet ellarda targ‘ib qilishdan iborat.