O‘Zbekiston Badiiy Jamoalari Ijodiy Birlashmasi

Buxgalteriya hisobiO‘zbekiston

O‘zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan 2014 yil 24 martda Muhiddin Qoriyoqubov nomidagi Akademik va xalq badiiy jamoalari Direksiyasi hamda badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi negizida tashkil etilgan. Birlashma O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tarkibiga kiradi. Birlashmaning asosiy maqsadlaridan biri bu o‘zbek xalqining asrlar davomida shakllangan va avloddan avlodga noyob meros sifatida o‘tib kelayotgan milliy musiqa, raqs va qo‘shiqchilik san’at turlarini yanada rivojlantirish, targ‘ib etish va boyitish, yosh avlod qalbiga bu bebaho madaniy boylik tuyg‘ularini singdirishdir. Birlashma o‘z faoliyatida mamlakatimizning barcha hududlaridagi musiqa, raqs va qo‘shiqchilik san’ati maktab yo‘nalishlarini avaylab asrab, ular asosida yangi sahna asarlarini yaratib, sa’natsevar xalqimizga taqdim etadi. Bugungi kunda birlashma tasarrufida 13 ta badiiy jamoa faoliyat ko‘rsatib, 500 ga yaqin ijodkor mehnat qilmoqda.