O'zbekinvest Davlat Unitar Korxonasi

sug'urtaO‘zbekiston

O'zbekinvest Davlat unitar korxonasi 1994- yil aprelda tashkil etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994- yil 13- apreldagi 206-sonli Qarori), 1997- yil fevralda eksport va investitsiyalarni sug’urtalash bo’yicha mamlakatimizning rasmiy agenti mavqei berilib, “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug’urta kompaniyasi etib qayta tashkil etilgan(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997- yil 18- fevraldagi PQ-1710-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997- yil 28- fevraldagi 113-sonli Qarori)

Kompaniya Ustav jamg’armasi 60 mln. AQSH dollaridan iborat. Kompaniya ta’sischilari: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi - 50 mln. AQSH dollari, O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki - 10 mln. AQSH dollari.

Kompaniya vazifasi – Maqbul narxlardagi yuqori sifatli sug’urta xizmatlarini taqdim etish orqali O‘zbekiston Respublikasi sug’urta bozorining rivojlanishiga ko’maklashish.