Naxchivon Avto Zavodi

AvtoOzarbayjon

NAZ deb nomlanuvchi Naxchivon Avtomobil Zavodi Ozarbayjon, Naxchivon Avtonom Respublikasida avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod hisoblanadi. Yillik ishlab chiqarish hajmi 5 ming dona. Birinchi bosqichda Lifan Guruhi modeli 108 dona bir bo’lakdan iborat bo’lgan avtomobil Naz-Lifan sifatida sotuvga chiqarildi. Bular NAZ-LIFAN 620 (sedan), NAZ-LIFAN 520 (sedan), NAZ-LIFAN 520i (hatchback) va NAZ-LIFAN 320 (hatchback) modellari hisoblanadi.
2012-yildan boshlab yangi bir SUV turi moslamali NAZ-LIFE X60 bozorga chiqarildi. NAZ-LIFAN 620 endilikta avtomatik transmissiya bilan jihozlangan holda ishlab chiqarilmoqda. 2012- yilining oxiriga kelib tijorat maqsadida kichik tijoriy avtomobillarni jamlash orqali mijozlarga namoyish etildi. Ular LF 5028 va LF 1022 yengil avtomobili, 800 kg yuk hajmi, shuningdek LF 6401 model mikroavtobus (1 + 6 o'rin).
2013- yilida zavod yangi NAZ-LIFAN 720 model, NAZ-LIFAN 630 va 330 rusumli avtomobil modellarini ishlab chiqara boshladi. Shuningdek, NAZ-LIFAN 620 va 320 modeldagi yangilangan versiyalar mijozlarga taqdim etildi. Hozirgi kungacha zavodda ikki ming NAZ-LIFEN avtomobillari ishlab chiqarilgan.