Kdb Bank O'zbekiston

BankO‘zbekiston

O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qarori bilan “O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida” gi Qonunning 17- moddasi va Vazirlar Maxkamasining “O’zKDB Bank “ yopiq aksiyadorlik jamiyati faoliyatining tashkiliy masalalari to’g’risida” gi 2013 yil 13 martdagi qaroriga muvofiq “Royal Bank of Scotland O’zbekiston MB” yopiq aksiyadorlik jamiyati “O’zKDB Bank “ yopiq aksiyadorlik jamiyatiga birlashganligi hamda “O’zKDB Bank “ yopiq aksiyadorlik jamiyatining nomi “KDB Bank O’zbekiston” yopiq aksiyadorlik jamiyati nomiga o’zgarishi munosabati bilan unga bank operasiyalarini amalga oshirish uchun berilgan lisenziya qayta rasmiylashtirildi.

“O’zKDB Bank“ va RBS MB O’zbekiston banklarining birlashuvi joriy yilning 25 mart kuni muvaffaqiyatli yakunlandi va “KDB Bank O’zbekiston” o’z faoliyatini boshladi. “KDB Bank O’zbekiston” korporativ va yakka tadbirdagi mijozlarga turli bank hizmatlarini taklif qiluvchi O’zbekistondagi birinchi raqamli horijiy bank hisoblanadi. “KDB Bank” (Janubiy Koreya) 2011 yil noyabr oyida RBS MB O’zbekiston bankini sotib oldi va banklar birlashuvini amalga oshirishga kirishdi.

Birlashuv jarayoni natijasiga ko’ra “KDB Bank O’zbekiston” aktivlari va kapital miqdori mos ravishda 1.966 trillion so’m va 137 mlrd.so’mni tashkil etdi. Yahshilanga kapital negizi natijasida bank yanada keng ko’lamli va sifatli moliyaviy xizmatlar ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’ldi.



“KDB Bank O’zbekiston”ning eng katta aksiyadori (86,4%) “KDB Bank” bo’lib, u “Banker” jurnali (The Financial Times nashriyoti) ma’lumotiga ko’ra, o’z kapitali hajmi bo’yicha Janubiy Koreyada birinchi va dunyo miqyosida 71- o’rinda turadi.

Hozirgi kunda “KDB Bank O’zbekiston” ning Toshkent shahrida Yunusobod tumanida joylashgan Yunusobod filiali (birlashtirib olingan ilgarigi RBS MB O’zbekiston), Yakkasaroy tumanida yana bir filiali hamda Mirobod timanida joylashgan 1 ta mini-banki mavjud.