Ingo-O'zbekistan

sug'urtaO‘zbekiston

Bugungi kunda Ingo-O'zbekiston kompaniyasi – biznes manfaatlarining kompleks himoya dasturlari hamda xususiy shaxslar uchun sug‘urta mahsulotlarinnig keng qamrovini o‘z ichiga olgan universal xizmat portfeliga ega O‘zbekistonnning eng yirik sug‘urtachilaridan biridir.

Xorijiy va mahalliy iqtisodiyotning real sektori, shuningdek neftgaz va aviatsiya sektori korxonalari tomonidan tashkil etilgan kompaniyaning rivojlanish tarixi 2005- yil yanvar oyidan boshlanadi. 2008- yil aprel oyida "InVest-Polis" AJ ("Ingosstrax" OSAJning sho‘ba korxonasi (Rossiya)) Kompaniyaning MDHdavlatlarining perspektiv sug‘urta bozorlarida ishtirokini kengaytirish strategiyasini amalga oshirgan holda"Standard Insurance Group" QK MChJ sug‘urta kompaniyasi ustav kapitalining 76% ulushini sotib oldi. Kompaniyaning nomi Ingo-O'zbekistan Sug'urta aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. 2017- yil 13 iyulda Ingo-O'zbekistan aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalida "InVest-Polis" AJning ulushi 91,18%ni tashkil etdi.

Yaqin kelajakdagi asosiy strategik vazifasi bozorda o‘z ulushini ko‘paytirish va biznesning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha yetakchi o‘rinnni egallash yo‘li bilan Kompaniyaning dinamik tarzda rivojlantirishdir. 2016- yil yakunlari bo‘yicha sug‘urta bozori tahliliga ko‘ra Ingo-O'zbekistan kompaniyasi bozordagi 3% ulushi bilan to‘lovlarning umumiy hajmi bo‘yicha o‘n birinchi o‘rinni egallab turibdi.