Hamkorbank

BankO‘zbekiston

Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi bank xizmatlari bozorida 1991 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirda Bank 209 ta xizmat koʻrsatish shoxobchalariga ega boʻlib, 32 ta filial, 158 ta mini-bank, 19 ta toʻlovlar qabul qilish punktlari shular jumlasidandir. Shuningdek, bank 8 ta shu’ba kompaniyasini tashkil etdi va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻydi.

50 dan ortiq bank mahsulotlari va moliya xizmatlarini taklif etayotgan Bank mijozlarning keng doirasiga xizmat koʻrsatmoqda. Xizmat koʻrsatishning keng tarmogʻi bank mijozlar uchun yanada jozibali va qulay boʻlishiga koʻmaklashmoqda. Yuridik shaxslar, jumladan, yirik kompaniyalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari, mikrofirmalar, shuningdek, xususiy tadbirkorlar va jismoniy shaxslar bank mijozlari hisoblanadi.

Bank faoliyatining asosiy yoʻnalishlari Oʻzbekiston iqtisodiyotining real sektorini kreditlash, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va yangi ish oʻrinlarini yaratishga koʻmaklashish maqsadida texnik va texnologik modernizatsiyalash boʻyicha loyihalarni moliyalashtirishdan iborat. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash bank faoliyatida alohida oʻrin tutadi. Bunda bank, mamlakat moliyaviy bozorini rivojlantirishdan tashqari, oʻz omonatchilari, mijozlari va aksiyadorlari manfaatlarini ham yuqori qoʻyadi.