"BCD Travel O'zbekiston" kompaniyasi – "BCD Travel"ning 2006- yil iyun oyidan beri O’zbekistondagi mutloq vakili hisoblanadi va Yevropaning Xalqaro biznes turizm kompaniyasining faoliyatini olib boradi, shuningdek xalqaro biznes sohasida tijoriy safarlarini tashkil etadi.
"BCD Travel O’zbekiston" - bu "BCD Travel"ning mustaqil boshqaruv tizimi asosida tuzilgan hamkorlik holding kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya shtab-kvartirasi Niderlandiyaning Seits shahrida joylashgan. Biznes turizm kompaniyalari jihatidan jahon reytingida uchinchi o’rinda turadi. Yiliga $ 22 milliard global aylanmasiga ega
Butun dunyo bo'ylab 15 000 dan ortiq xodimlari mavjud. BCD Travelning dunyoning 96 mamlakatida filiallari mavjud. 2004- yildan boshlab kompaniya IATA a'zosi.
BCD Travel Uzbekistan kompaniyasi o'z mijozlariga muntazam axborot bilan ta'minlaydi. Quyidagi xizmatlarni taklif etadi:
1. Aviakompaniyalarning maxsus takliflari.
2. O'zbekistonda dam olish kunlari va bayram kunlari haqida ma'lumot;
3. E-mail, faks orqali yangilangan ma'lumotlar;
4. Xizmat ko'rsatish sifatini oshirish, kamchiliklarni aniqlash, yaqin ishbilarmonlik aloqalarini yo'lga qo'yish.
Hozirgi kunda "BCD Travel Uzbekistan" 100 dan ortiq o'zbek va xorijiy kompaniyalarga xizmat ko'rsatmoqda. Korporativ mijozlardan ba'zilari:
- Xorijiy elchixonalar, diplomatik korpuslar;
- BMT missiyalari ofislari;
- xorijiy kompaniyalar vakillari;
- banklar;
- Xalqaro jamg'armalar;
- vazirliklar va davlat tashkilotlari;
- farmasevtika korxonalari;
- Sayohat agentliklari.