Asakabank

BankO‘zbekiston

Asakabank 1995- yilning noyabrida tashkil etilgan. Aksiyadorlari — O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, «O’zavtosanoat» Aksiyadorlik Kompaniyasi, O’zbekiston Respublikasining tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi, «Olmaliq TMK» AJ, «Buxoro NQZ» UK, «O’zbekiston temir yo’llаri» DАK va boshqalar.



Kapital va aktivlar hajmi bo’yicha respublika tijorat banklari o’rtasida yetakchi banklardan biridir. Hududiy tarmoq O’zbekiston Respublikasi butun hududini qamrab olib 26 ta filial, 86 ta mini-bank va 256 ta jamg’arma, maxsus va ko’chma kassadan iborat. Moliya bozorida keng hajmda an’anaviy va zamonaviy bank xizmatlarini taqdim etuvchi yirik universal moliyaviy-kredit instituti muassasasi sifatida o’rin egallangan.