Dilek Özdemir
1 yil avval - 57 Saniye

Buyuk Ipak yo'lining sodiq qo'riqchisi "Burana minorasi"

Buyuk Ipak yo


Islomni qabul qilgan birinchi Turk davlati Qoraxoniylar bo’lib ko’chmanchi hayot tarzidan o’troq hayot tarziga o’tgan turkiy qavmlardan tashkil topgan buyuk madaniyat davlati edi. Tangri tog’laridan cho’llargacha bo’lgan Chu daryosi atrofidagi hudularni qamrab olgan havzalar qadimdan Turklarning vatani bo’lgan. Poytaxt Balasagun IX asrda Qoroxoniylar tomonidn tashkil etilgan bo’lib Buyuk Ipak Yo’lida joylashgan. O’z vaqtining madaniyat, san'at, ilm-fan, matematika, astronomiya va falsafa fanlari asosida tadqiqotlar amalga oshirilgan shahar edi.

Burana minorasi, Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrining 84 km sharqidagi, Chu vodiysida sobiq poytaxt bo’lgan Balasagun shahrida joylashgan. Buyuk Ipak Yo’lida joylashgan Burana minorasi Qoraxoniylar davrida ham minora sifatida ham kuzatuv qal’asi sifatida foydalanilgan.


Buyuk Ipak yo


Burana minorasi aslida XI asrda bir masjid minorasi edi. Asli 45 metr uzunlikta bo’lgan minora zilzilalar sababli zarar ko’rgan va asliga muofiq qayta tiklangan. Qirg’izistonning sembo’llaridan biri bo’lgan 25 metr uzunliktagi minora 25x25x5 sm hajmda pishirilgan g’ishtan tashkil etilgan. Minora tanasining tashqi devori relief motifli g'isht bilan qurilgan. Minoraga chiqish uchun avval metall zinapoyadan o'tib, kichik kirish eshigiga etib boriladi. Bu yerdan faqatgina bir inson hajmidagi kottalikta zinapoya mavjud va bu zinapoya bilan minoraning uch qismiga chiqish mumkin. Minora kirishida aylana shaklida yuqoriga chiqish uchun g’ishtan tashkil etilgan narvon va minora ich qismini yoritish uchun ikki deraza mavjud. Minoraning eng uch qismiga chiqilganda muhtasham manzaraga guvoh bo’lish mumkin. Burana minorasi ichida kimniki ekanligi mavhum bo’lgan bir qabr mavjud. Bundan tashqari, atrofdagi barcha tarixiy qoldiqlar va qo'l ishi namunalari qal’aning ichida saqlanib kelinmoqda.