2018 Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 dekabr kuni Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnoma yo‘llamoqda.
Prezident o‘z murojaatida 2018-yilni “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilishni taklif etdi. Yig‘ilishga to‘plangan deputat va senatorlar, jamoatchilik vakillari ushbu taklifni gulduros qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatladi.
Ma’lumot o‘rnida eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 1997-yildan e’tiboran har bir yilga shu davr ichida rivojlanishlarning muhim yo‘nalishlarini ifoda etadigan nom berish an’anaga aylangan edi. 1997—2017-yillar oralig‘ida yillarga quyidagicha nom berilgan:
• 2017-yil — Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili
• 2016-yil — Sog‘lom ona va bola yili
• 2015-yil — Keksalarni e’zozlash yili
• 2014-yil — Sog‘lom bola yili
• 2013-yil — Obod turmush yili
• 2012-yil — Mustahkam oila yili
• 2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili
• 2010-yil — Barkamol avlod yili
• 2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili
• 2008-yil — Yoshlar yili
• 2007-yil — Ijtimoiy himoya yili
• 2006-yil — Homiylar va shifokorlar yili
• 2005-yil — Sihat-salomatlik yili
• 2004-yil — Mehr va muruvvat yili
• 2003-yil — Obod mahalla yili
• 2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili
• 2001-yil — Onalar va bolalar yili
• 2000-yil — Sog‘lom avlod yili
• 1999-yil — Ayollar yili
• 1998-yil — Oila yili
• 1997-yil — Inson manfaatlari yili
Manba: daryo.uz