Mamurjon Akhmatjonov
11 oy avval - 44 Saniye
tr
az
en
kk
ky
uz
ru
tk

101ta davlat fuqarolari O'zbekistonga vizasiz kirishiga ruxsat berildi

15 iyuldan boshlab O'zbekistondagi xalqaro aeroportlar orqali uchinchi tomonga tashrif buyurmoqchi bo'lgan 101ta davlat fuqarolari besh kungacha O'zbekistonda qolishi mumkin. Bu haqda davlat rahbari 4 iyul kuni imzolagan hujjatda shunday deyiladi. 

101ta davlat fuqarolari O


Ma`lum qilinishicha, uchinchi tomonga aviachiptasi bo'lgan holda, O'zbekistondagi xalqaro aeroportlardan birida tranzit-qatnovni amalga oshirayotgan xorijiy yo'lovchilar besh kungacha vizasiz O'zbekistonda ham qolishlari mumkin bo'ladi.

Qo'shimcha ravishta 15 iyul kunidan boshlab xorijiy fuqarolar O'zbekistonga kirish vizasini olish uchun diplomatik vakillik yoxud O'zbekistonning chet ellardagi konsullik idorasiga rasmiy murojaat qilishi shart emas. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 iyul kuni imzolagan hujjatda shunday deyiladi. 

Ma`lum bo'lishicha, yangi tashkil etilgan «E-visa.uz» kirish vizalarini rasmiylashtirish tizimi orqali chet el fuqarolari O'zbekistonga kirish huquqini beruvchi vizani qo'lga kiritishi mumkin.

Unga ko'ra, respublika hududiga kirish huquqini beruvchi vizani rasmiylashtirish axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosida amalda oshiriladi.

Ta`kidlash joizki, sayyohlarni O'zbekistonga jalb etishda ko'mak beruvchi bunday tashabbus Ozarboyjon, Armaniston, Gruziya, Hindiston, Singapur va Turkiyada ham yo'lga qo'yilgan.

Hujjatga ko'ra, viza 30 kun muddatga O'zbekiston hududida bo'lish huquqini beradi va undan taqdim etilgan kundan boshlab 90 kun muddat ichida foydalanish mumkin.

Viza olish uchun murojaat yuborilgan kundan tashqari, 2 kun ichida ko'rib chiqiladi. Murojaatlarni ko'rib chiqish uchun 20 AQSh dollari miqdorida boj to'lanadi.